moliya-huquqi

Moliya huquqi 2026 — yakuniy nazorat savollariga javoblar

Moliya huquqi bo‘yicha 2026-yil yakuniy nazorat uchun 200 ta savol-javob: auditoriya va mustaqil ta’lim savollari uchun qisqa, aniq konspekt.

Moliya huquqi 2026 — yakuniy nazorat testlari savollariga qisqa javoblar

TEST
1- mavzu testlari
1. Moliya tizimining quyidagi elementlaridan qaysi biri
davlat moliyasi bilan bog’liq:
a) ✅ davlat moliyasi;
b) siyosiy partiyalar moliyasi ;
c) aktsionerlik jamiyati moliyasi;
d) fuqarolarning moliya
2. Davlatning moliyaviy resurslarini ajratish usullarini quyidagi ro’yxatdan tanlang:
a) ✅ moliyalashtirish;
b) davlat krediti;
c) soliqqa tortish;
d) pensiya va ijtimoiy nafaqalar to’lash;
3. Davlatning moliyaviy resurslarini safarbar qilish usullarini quyidagi ro’yxatdan tanlang:
a) ✅ soliqqa tortish;
b) kredit, moliyalashtirish;
c) moliyalashtirish;
d) pensiya va ijtimoiy nafaqalar to’lash;
4. Pul resurslarining markazlashgan fondini aniqlang
a) ✅ byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi
b) korxonaning moliya
c) nodavlat notijorat tashkilotlari moliyasi
d) byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari fondi
5. Quyidagi ro’yxatdan davlatning moliyaviy resurslarini shakllantirish uchun majburiy to’lovlar usullarini tanlang:
a) ✅ soliqlar tashkil etish ;
b) kredit;
c) moliyalashtirish;
d) pensiya va ijtimoiy nafaqalar to’lash;
6. Quyidagi ro’yxatdan davlatning moliyaviy resurslarini shakllantirish uchun ixtiyoriy to’lovlar usullarini tanlang:
a) ✅ davlat zayomlarini joylashtirish;
b) soliqlarning o’rnatilishi
c) moliyalashtirish;
d) pensiya va ijtimoiy nafaqalar to’lash
7. Mablag’lar fondi ..................bo’ladi
a) ✅ markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan
b) markazlashgan
c) markazlashtirilmagan
d) aralash
8. Moliyaviy faoliyatning asosiy mazmuni an’anaviy tarzda o’z ichiga olgan yelementlarida namoyon bo’ladi:
a) ✅ pul mablag’lari (moliyaviy resurslar) fondlarini shakllantirish, tarqatish va ulardan foydalanish)
b) pul mablag’lari (moliyaviy resurslar) mablag’larini shakllantirish)
c) pul mablag’larining taqsimlanishi (moliyaviy resurslar)
d) mablag’lardan foydalanish (moliyaviy resurslar)
9. ..................pul mablag’larining mablag’lari markazlashmagan tarzda shakllantiriladi:
a) ✅ xo’jalik yurituvchi subektlarning
b) davlat byudjetining,
c) mahalliy byudjetning
d) pensiya Jamg’armasining
10. Davlat yoki korxona, tashkilot, muassasalar tomonidan olingan moliyaviy resurslardan foydalanish quyidagi usullar bilan ta’minlanadi:
a) ✅ naqd pulsiz va naqd pulsiz to’lovlar.
b) naqd pulsiz hisob-kitoblarni.
c) naqd to’lovlar.
d) moliyalashtirish
2-mavzu testlari
1. Quyidagi munosabatlarning qaysi biri moliyaviy va huquqiy
munosabatlar:
a) ✅ Markaziy bank tomonidan respublika byudjetiga foyda tushganligi munosabati bilan Markaziy bank bilan Respublika byudjeti o’rtasida
b) tashkilot va uning joriy hisobini ochgan bank o’rtasida
c) komissiya to’lanishi munosabati bilan fuqaro va vakolatli bank o’rtasida.
d) ta’lim muassasasi bilan fuqaro o’rtasida, ikkinchisiga ta’lim xizmatlari ko’rsatish munosabati bilan xarajatlari byudjet mablag’lari bilan qoplanadi.
2. Moliyaviy-huquqiy qoidalarning o’ziga xos jihatlariga:
a) ✅ ularning asosan majburiy tabiati;
b) moliyaviy munosabatlarni tartibga solish;
c) pul va mulkiy munosabatlarni tartibga solish;
d) barcha iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish.
3. Moliyaviy-huquqiy normalarning sanktsiyasi:
a) ✅ davlat majburlash chorasi
b) moliyaviy-huquqiy munosabatlar sub’ektining majburiyati;
c) munosabatlar ishtirokchisining huquqiy imkoniyat doirasi;
d) moliyaviy huquqiy munosabat ishtirokchisining vakolatlari.
4. Moliyaviy-huquqiy normalarning qaysi turini belgilovchi normalar soliq va yig’im imtiyozlarini o’rnatish va ulardan foydalanish tartibini o’z ichiga oladi?
a) ✅ tartibga solish;
b) muhofaza qiluvchi;
c) majburiyat yuklovchi;
d) ta’qiqlovchi.
5. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy huquqiy normalarning hususiyatlarini ifodalaydi?
a) xususiy manfaatlarni ro’yobga chiqarish vositasidir;
b) siyosiy yo’naltirilgan;
c) ✅ davlat tomonidan belgilanadi;
d) har qanday huquqiy normativ aktda mavjud.
6. Quyidagi fanlardan qaysi biri moliya huquqining jamoaviy sub’ekti hisoblanadi:
a) ✅ mehnat jamoa;
b) jismoniy shaxs - rezidenti;
c) davlat unitar korxonasi;
d) byudjet muassasasi;
7. Quyidagilardan qaysi biri moliya huquqining individual sub’ekti hisoblanadi:
a) ✅ jismoniy shaxs;
b) notarius;
c) oila;
d) hisobchi
8.Moliya huquqi qanday huquq sohasi hisoblanadi?
a) ✅ ommaviy huquq
b) hususiy huquq
c) aralash huquq
d) sof moliyaviy

9. Moliya huquqi fan sifatida necha qismga bo’linadi?
a) ✅ umumiy va maxsus qismga
b) nazariy va huquqiy
c) nazariy va umumiy
d) umumiy va nazariy
10. .....................bu davlat tomonidan o’z oldida turgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, markazlashgan va markazlashmagan pul jamg’armalarini tashkil qilinishi, taqsimlanishi va undan foydalanilishi jarayonida yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlardir
a) ✅ moliya huquqining predmeti
b) moliyaviy faoliyat
c) moliya
d) davlat moliyasi
1. Moliyaviy nazorat nima?
a. ✅ Pul jamg'armalarini tashkil qilish, undan foydalanish va uni taqsimlash sohasidagi harakatlarning qonuniyligi hamda maqsadga muvofiqligi ustidan olib boriladigan davlat nazoratining bir turidir.
b. Davlat organlarining pul munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan faoliyatidir.
c. Davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar faoliyati ustidan olib boradigan nazoratidir.
d. Moliyaviy aktlarning qonuniyligi ustidan davlat organlarining olib boradigan nazoratidir.
2. Moliyaviy nazoratning asosiy vazifasi nimadan iborat?
a. qonuniylikni ta'minlash
b. maqsadga muvofiqlikni tekshirish
c. moliyaviy intizomni ta'minlash
d. ✅ hamma javoblar to'g'ri
3. Moliyaviy intizom tushunchasi qaysi javobda berilgan?
a. davlat organlarining ichki tartib-qoidalarga rioya etishi
b. ✅ pul jamg'armalarini tashkil qilish, foydalanish va taqsimlashning joriy etilgan talablari hamda tartibiga rioya etish
c. jismoniy va yuridik shaxslarning moliyaviy qonunchilik bilan o'rnatilgan talablarga rioya etishi
d. davlat intizomining bir turi bo'lib, pul jamg'armalarini tashkil etish qoidalarini o'rnatadi
4. Moliyaviy nazoratning qanday shakllari bor?
a. ✅ taftish, tekshirish va o'rganish
b. taftish, dastlabki
c. boshlang’ich va yakuniy nazorat
d. ixtiyoriy va majburiy nazorat
5. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish usullarini ko'rsating.
a. taftish va tekshirish
b. moliyaviy rejalar loyihalarini, moliyaviy-xo'jalik faoliyati to'g'risidagi hisobotlarni ko'rib chiqish
c. mansabdor shaxslarning ma'ruzalarini, axborotlarini tinglash
d. ✅ hamma javoblar to'g'ri
6. O'zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyati kim tomonidan Olib boriladi?
a. davlat hokimiyati organlari tomonidan
b. davlat boshqaruvi organlari tomonidan
c. moliya va kredit organlari tomonidan
d. ✅ auditorlik tashkilotlari tomonidan
7. Amaldagi qonunchilikka ko'ra, O'zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatiga aralashishga yo'l qo'yiladimi?
a. yo'l qo'yiladi
b. ✅ yo'l qo'yilmaydi
c. davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari aralashishi mumkin
d. moliya va kredit organlari aralashishi mumkin
8. Auditorlik tekshiruvi qanday shakllarda amalga oshiriladi?
a. majburiy shaklda
b. tashabbus tarzida
c. ✅ majburiy va tashabbus tarzida
d. to'g'ri javob ko'rsatilmagan
9. Moliyaviy nazoratning subyekti kim?
a. ✅ davlat organlari, shuningdek, moliyaviy qonunchilikka rioya etilishi ustidan tekshirishlarni olib borish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish vakolatiga ega bo'lgan nodavlat tashkilotlari va muassasalari
b. moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi umumiy vakolatli organlar
c. prokuratura organlari, tergov organlari
d. O'zR Moliya vazirligi, O'zR Markaziy Banki
10. Auditorlik faoliyatining prinsiplarini ko'rsating.
a. oshkoralik, qonuniylik, ochiqlik
b. tomonlarning tengligi, erkinlik, qonuniylik
c. ✅ mustaqillik, xolislik, erkinlik, professional malakalilik va maxfiylik
d. rejalashtirish, qonuniylik, ochiqlik, xolislik
11. Ichki auditor xizmati kim tomonidan amalga oshiriladi?
a. Buxgalter
b. yurist
c. ✅ auditor
d. iqtisodchi
4-Mavzu: Moliyaviy-huquqiy javobgarlik
1.Moliyaviy huquqbuzarlik – bu
a) ✅ moliya qonunchiligi bilan javobgarlik nazarda tutilgan, moliya huquqi sub’ekti tomonidan sodir etilgan huquqqa xilof qilmishdir;
b) bank qonunchiligi bilan javobgarlik nazarda tutilgan, bank huquqi sub’ekti tomonidan sodir etilgan huquqqa xilof qilmishdir;
c) soliq qonunchiligi bilan javobgarlik nazarda tutilgan, soliq huquqi sub’ekti tomonidan sodir etilgan huquqqa xilof qilmishdir;
d) bojxona qonunchiligi bilan javobgarlik nazarda tutilgan, bojxona huquqi sub’ekti tomonidan sodir etilgan huquqqa xilof qilmishdir;
2.Moliyaviy javobgarlikning qanday belgilari mavjud:
a) normativ, individual, moddiy;
b) protsessual, normativ, individual;
c) ✅ Normativ, faktik, protsessual;
d) moddiy, protsessual, faktik.
3.Moliyaviy huquqiy javobgarlikning funktsiyalari:
a) ✅ Jazo (karatelьnaya), huquqni tiklovchi (pravovostanovitelьnaya), tartibga soluvchi (regulyativnaya);
b) tartibga soluvchi, muhofaza qiluvchi;
c) jazo, ogohlantirish;
d) huquqni tiklovchi, majburiyat yuklovchi.
4.Moliyaviy huquqiy javobgarlikning maqsadi:
a) O’zR ichki va tashqi iqtisodiy xavfsizligini hamda barqarorligini ta’minlash;
b) Moliyaviy munosabatlarning barqarorligini ta’minlash;
c) Fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishni moliyaviy qo’llab-quvvatlashni ta’minlash;
d) ✅ barcha javoblar to’g’ri.
5.Moliyaviy huquqbuzarlikning tarkibiy qismi:
a) 2 ta;
b) 3 ta;
c) ✅ 4 ta;
d) 5 ta.
6.Moliyaviy huquqbuzarliklar turlari:
a) ✅ Byudjet javobgarligi, valyuta javobgarligi, soliq javobgarligi;
b) Moliyaviy xizmatlar ko’rsatish sohasidagi javobgarlik;
c) Davlat qarzi sohasidagi javobgarlik, majburiy sug’urta sohasidagi javobgarlik;
d) barcha javoblar to’g’ri.
7.Moliyaviy sanktsiyalar turlari:
a) ✅ Jarima, penya;
b) jarima;
c) penya;
d) yig’im.
8. Moliyaviy huquqbuzarlikning belgilari qaysi?
a) ✅ moliya, byudjet, soliq sohasida sodir etiladi;
b) shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitishga qaratilgan;
c) jamoat tartibini saqlashga qaratilgan;
d) atrof-muhitni zararlantirishga qaratilgan.
9. Moliyaviy javobgarlikka tortishga vakolatli organlar
a) ✅ barcha javoblar to’g’ri
b) Nazorat taftish boshqarmasi
c) Moliya vazirligi
d) Hisob palatasi
10. Moliyaviy javobgarlikni belgilovchi qonun hujjatlari
a) Mehnat kodeksi, Soliq kodeksi;
b) Byudjet kodeksi, Soliq kodeksi va moliyaviy qonun hujjatlari;
c) Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks, Jinoyat kodeksi;
d) ✅ Byudjet kodeksi, Soliq kodeksi va moliyaviy qonun hujjatlari, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks, Jinoyat kodeksi.
5-Mavzu. Byudjetning moliyaviy-huquqiy asoslari
1. 2013 yil 26 dekabrda O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi qabul qilingan, 2013 yilga qadar byudjet munosabatlari qaysi normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solingan?
a) 1993 yildagi eski tahrirdagi Byudjet kodeksi
b) 1996 yildagi Byudjet munosabatlari to’g’risidagi qonun
c) ✅ 2000 yildagi Byudjet tizimi to’g’risidagi qonun
d) 1991 yildagi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Byudjet yo’riqnomasi
2. Moliya yili qaysi davrlarni qamrab oladi?
a) ✅ birinchi yanvardan o’ttiz birinchi dekabrgacha
b) birinchi yanvardan o’ttizinchi dekabrgacha
c) birinchi yanvardan o’ttiz birinchi maygacha
d) birinchi yanvardan o’ttiz birinchi avgustgacha
3. Davlat funktsiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko’ra tashkil etilgan, Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot - .................
a) davlat organi
b) davlat boshqaruv organi
c) ✅ byudjet tashkiloti
d) notijorat tashkilot
4.Byudjet tizimi nimalardan iborat?
a) respublika va mahalliy byudjet
b) respublika byudjeti va byudjet tashkilotlari byudjeti
c) davlat maqsadli jamg’armalari, mahalliy byudjet
d) ✅ barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari
5. Byudjet hujjatlari va byudjet hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo’lishi hamda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutishi lozimligi byudjet tizimining qaysi printsipini ifodalaydi?
a) umumiylik printsipi
b) yagonaligi prinitsipi
c) ✅ birlik printsipi
d) markazlashganlik printsipi
6. Byudjet tasnifining tarkibini aniqlang?
a) daromadlar tasnifi va xarajatlar tasnifi
b) soliqlarlar tasnifi va harajatlar tasnifi
c) taqchillikni qoplash, tushum tasnifi, xarajat tasnifi
d) ✅ daromadlar tasnifi, xarajatlar tasnifi, taqchillikni qoplash tasnifi
7. Davlat byudjeti qaysi byudjetlardan iborat?
a) respublika va mahalliy byudjet
b) davlat va mahalliy byudjet
c) respublika va viloyat byudjeti
d) ✅ respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyat va Toshkent shahar byudjeti
8. Davlat maqsadli jamg’armalari qaysi normativ-huquqiy hujjat asosida tashkil etiladi?
a) Oliy Majlis qarori
b) Vazirlar Mahkamasi qarori
c) ✅ Prezident qarori
d) Moliya vazirligi qarori
9. O’rta muddatli davr uchun byudjetdan ajratiladigan mablag’larni olishga bo’lgan ehtiyojni asoslashni nazarda tutuvchi hujjat ...........................
a) byudjeti talabnomasi
b) ✅ byudjeti so’rovi
c) byudjetnoma
d) byudjet ma’lumotnomasi
10. Muayyan davrda O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketishi nima deb nomlanadi?
a) ✅ byudjet profitsiti
b) byudjet taqchilligi
c) byudjet defitsiti
d) byudjet sof daromadi

Test 1: Davlat daromadlari qaysi manbadan keladi?
A) Xususiy kompaniyalar faqat
B) ✅ Soliqlar, bojxona yig‘imlari, davlat xizmatlari
C) Faqat tashqi qarz
D) Moliyaviy jamg‘armalar
Test 2: Davlat xarajatlarining asosiy tarkibi nima?
A) Soliqlar
B) ✅ Byudjet xarajatlari
C) Davlat obligatsiyalari
D) Ichki qarz
Test 3: Ichki qarzning afzalligi nima?
A) Foizlar xorijiy valyutada to‘lanadi
B) ✅ Mustaqil siyosat yuritish imkoniyati
C) Tashqi moliya manbalari bilan cheklangan
D) Risk yuqori
Test 4: Tashqi qarzning asosiy xavfi nima?
A) Milliy valyutada qaytarish
B) ✅ Valyuta va foiz xavfi
C) Byudjet defitsiti
D) Ichki banklar bilan bog‘liqlik
Test 5: Davlat qarzi qanday tasniflanadi?
A) ✅ Ichki va tashqi, muddat va foiz stavkasi bo‘yicha
B) Faqat ichki qarz
C) Faqat tashqi qarz
D) Faol va passiv daromad
Test 6: Davlat kreditini boshqarishning asosiy maqsadi nima?
A) Ichki qarz oshirish
B) ✅ Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash
C) Byudjetni kamaytirish
D) Soliqlarni oshirish
Test 7: Favqulodda qarz qaysi vaziyatda ishlatiladi?
A) Uzun muddatli loyihalar
B) ✅ Tabiiy ofatlar va iqtisodiy inqirozlar
C) Sanoat rivojlanishi
D) Soliq yig‘imlari
Test 8: Davlatning maqsadli jamg‘armalari nima uchun tuziladi?
A) Davlat xarajatlarini kamaytirish
B) ✅ Maqsadli loyihalarni moliyalashtirish
C) Soliq stavkasini oshirish
D) Ichki qarz jalb qilish
Test 9: Qisqa muddatli qarz muddati nechchi yildan kam?
A) ✅ 1 yil
B) 2 yil
C) 3 yil
D) 5 yil
Test 10: Uzoq muddatli qarzning vazifasi nima?
A) Kichik xarajatlarni qoplash
B) ✅ Strategik va infrastrukturaviy loyihalarni moliyalashtirish
C) Byudjet ortig‘ini saqlash
D) Soliq tushumini oshirish
Test 11: Davlat obligatsiyalari qanday qarz turiga kiradi?
A) ✅ Ichki qarz
B) Tashqi qarz
C) Favqulodda qarz
D) Ijtimoiy qarz
Test 12: Passiv qarz nima vazifani bajaradi?
A) Byudjet defitsitini qoplash
B) ✅ Byudjet ortig‘ini jamg‘arma sifatida saqlash
C) Ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish
D) Soliq tushumini oshirish
Test 13: Davlat qarzi funksiyalariga nima kiradi?
A) ✅ Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash
B) Faqat ichki qarz oshirish
C) Tashqi qarz kamaytirish
D) Byudjetni kamaytirish
Test 14: Ichki qarzning kamchiligi nima?
A) ✅ Milliy bozor cheklangan bo‘lsa, katta mablag‘ jalb qiyin
B) Foizlar past
C) Qarz mustaqil qaytariladi
D) Iqtisodiy xavf yo‘q
Test 15: Tashqi qarzning afzalligi nima?
A) ✅ Katta miqdorda mablag‘ jalb qilish
B) Milliy valyutada to‘lanadi
C) Ichki banklar orqali boshqariladi
D) Byudjet defitsitini kamaytiradi
Test 16: Ichki qarz qaysi manbadan olinadi?
A) Xorijiy davlatlar
B) ✅ Milliy banklar va obligatsiyalar
C) Xalqaro moliya institutlari
D) Favqulodda fond
Test 17: Tashqi qarz qaysi manbadan olinadi?
A) Milliy banklar
B) ✅ Xorijiy davlatlar va xalqaro institutlar
C) Davlat jamg‘armalari
D) Ichki korporatsiyalar
Test 18: Davlat kreditini boshqarishda risklar qanday nazorat qilinadi?
A) Faqat ichki qarz orqali
B) ✅ Diversifikatsiya, foiz stavkasi va valuta monitoringi
C) Soliqlarni oshirish orqali
D) Favqulodda qarz orqali
Test 19: Ijtimoiy qarzning maqsadi nima?
A) Sanoat loyihalari
B) ✅ Aholi farovonligini ta’minlash
C) Tashqi investitsiyalar
D) Byudjet ortig‘i
Test 20: Davlat qarzi boshqaruvi qaysi tizimni ta’minlaydi?
A) Soliq tushumini oshirish
B) ✅ Byudjet va moliyaviy barqarorlikni
C) Ichki bozorni kamaytirish
D) Tashqi qarz kamaytirish

6- mavzu
1. Tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli xarajatlarning o’rnini qisman qoplash uchun byudjet tizimi byudjetlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan pul mablag’lari - ...............................
a) ✅ subsidiya
b) subventsiya
c) ssuda
d) dotatsiya
2. O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga nimalar kiradi?
a) Davlat byudjeti, tashkilot byudjeti, g’azna byudjeti
b) Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalar byudjeti, jamg’armalar
c) Davlat byudjeti, tashkilotlar jamg’armalari, maqsadli jamg’armalar
d) ✅ Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalar byudjeti, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi
3. Davlat byudjeti daromadalari manbasini ko’rsating
a) kredit
b) ssuda
c) qarz
d) ✅ soliqlar
4. Maqsadli ijtimoiy transfertlar yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga nima maqsadda ajratiladi?
a) ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash
b) davlat qarzlarini qoplash
c) iqtisodiy xarajatlarning o’rnini qoplash
d) ✅ ta’lim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy to’lovlar bo’yicha xarajatlarini qoplash uchun
5. Moliya yilida O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida turgan byudjet mablag’larining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdori -...........................
a) ustav kapital
b) ustav fond
c) aylanma jamg’arma
d) ✅ aylanma kassa mablag’i
6. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat moliyaviy nazorat organlari, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar -..........
a) ✅ byudjet jarayoni ishtirokchilari
b) byudjet jarayoni sub’ektlari
c) byudjeti jarayoni mablag’ oluvchilar
d) byudjet mablag’lari taqsimlovchilar
7. Qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg’armalariga, rezident-yuridik shaxsga ajratiladigan pul mablag’lari - ....................
a) byudjet qarzi
b) byudjet transferi
c) ✅ byudjeti ssudasi
d) byudjet ajratmasi
8. Muayyan davrda O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi - .......................
a) ✅ davlat byudjeti taqchilligi
b) davlat byudjeti inqirozi
c) davlat byudjeti yetishmovchiligi
d) davlat byudjeti uzilishlari
9. Byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida davlat moliyaviy nazorati ob’ektlarining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni o’rganish, tahlil qilish hamda taqqoslash - ...................................
a) byudjeti nazorati
b) auditorlik nazorati
c) ✅ davlat moliyaviy nazorati
d) moliya nazorati
10. O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi mablag’larni jalb qilish natijasida vujudga kelgan majburiyatlari -...............................
a) avans
b) shartnoma majburiyati
c) byudjet qarzi
d) ✅ davlat qarzi
7-mavzu 1. ................................byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning shakllantirilishini, tuzilishini hamda ijrosini nazorat qilish, byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar jarayoni
a) byudjet tushunchasi
b) byudjet tizimi
c) byudjet tuzilishi
d) byudjet jarayoni
2. Byudjet jarayoni ishtirokchilari kimlar?
a) ✅ davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat moliyaviy nazorat organlari, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar
b) davlat organlari, davlat boshqaruv organlari va ichki ishlar organlari
c) davlat ta’lim muassasalari, tibbiyot muassasalari va xalq ta’limi muassasalari
d) Oliy Majlis va quyi xalq deputatlari kengashlari
3. Davlat byudjeti qanday huquqiy hujjat shaklida qabul qilinadi?
a) Prezident qarori
b) Vazirlar Mahkamasi qarori
c) ✅ Qonun
d) Oliy Majlis qarori
4.Davlat byudjeti loyihasini tuzishga mas’ul organlar?
a) Soliq qo’mitasi
b) Bojxona qo’mitasi
c) ✅ Moliya vazirligi
d) Hisob palatasi
5.Davlat byudjeti bo’yicha byudjet so’rovini tuzish tartibini kim belgilaydi?
a) ✅ Moliya vaziriligi
b) Markaziy bank
c) Hisob palatasi
d) Soliq qo’mitasi
6. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qachon kelgusi davr uchun byudjet so’rovini tuzish tartibini byudjet mablag’larini taqsimlovchilarga yuboradi?
a) har yili 15 avgustga qadar
b) ✅ har yili 15 iyunga qadar
c) har yili 15 mayga qadar
d) har yili 15 aprelga qadar
7.Byudjet so’rovi byudjet mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan qachon Moliya vazirligiga taqdim etilishi lozim?
a) ✅ joriy yilning 1 iyuligacha
b) joriy yilning 1 iyunigacha
c) joriy yilning 1 mayigacha
d) joriy yilning 1 martigacha
8.Davlat byudjetining loyihasi kim tomonidan ishlab chiqiladi?
a) ✅ Moliya vazirligi
b) Byudjet taqsimlovchilar
c) Mablag’ oluvchilar
d) Vazirlar Mahkamasi
9. Davlat byudjeti to’g’risidagi qonun loyihasi qaysi hujjat asosida ishlab chiqiladi?
a) Byudjet so’rovi
b) ✅ Byudjetnoma
c) Byudjet loyihasi
d) Byudjet parametrlari
10. Davlat byudjeti to’g’risidagi qonun loyihasi va byudjetnoma Vazirlar Mahkamasiga qachongacha kiritiladi?
a) ✅ joriy yilning 15 sentyabrigacha
b) joriy yilning 15 oktyabrigacha
c) joriy yilning 15 noyabrigacha
d) joriy yilning 15 dekabrigacha
8-mavzu Davlat maqsadli jamg’armalari
1.Davlat maqsadli jamg’armalari kim tomonidan tashkil etiladi?
a) ✅ O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
b) O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
c) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
d) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
2. Davlat maqsadli jamg’armalari qanday shaklda tashkil etiladi?
a) yuridik shaxs
b) yuridik shaxs takshil etmasdan
c) davlat unitar korxonasi
d) ✅ yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan
3.Davlat maqsadli jamg’armalarining moliyaviy manbalari qaysi?
a) soliqlar, ssudalar, subventsiya
b) ✅ soliq, majburiy to’lov, jarima, byudjet subsidiyalari
c) jarima, dotatsiya, subventsiya
d) majburiy to’lovlar, yig’imlar, bojlar
4.konsolidatsiyalashgan byudjet nima maqsadda tuziladi?
a) soliqlarlar tushumi hisobini olib borish uchun
b) ✅ moliya yakunlari bo’yicha tahliliy maqsadlar uchun
c) harajatlar hisobini olib borish uchun
d) byudjet intizomini ta’minlash uchun
5. O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibi qanday?
a) Davlat byudjeti; davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlari;
b) Davlat byudjeti; davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlari;
Pensiya jamg’armasi.
c) ✅ Davlat byudjeti; davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlari;Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari.
d) Davlat byudjeti; davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlari;
Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi.
6. Davlat maqsadli jamg’armalari ro’yxati kim tomonidan tasdiqlanadi?
a) Oliy Majlis
b) ✅ Vazirlar Mahkamasi
c) Moliya vazirligi
d) Soliq qo’mitasi
7. Pensiya jamg’armasining moliyalashtirish manbaini ko’rsating
a) ✅ belgilangan miqdorlardagi yagona ijtimoiy to’lov tushumlari; jismoniy shaxslar ayrim toifalarining yagona ijtimoiy to’lovlari.
b) pensiya ajratmasi va jismoniy shaxslardan olinadigan soliq
c) pensiyaga majburiya ajratma va ixtiyoriy badal
d) boquvchisini yo’qotganlik uchun to’lov
8. Pensiya jamg’armasi mablag’lari nimalarga yo’naltiriladi?
a) ✅ pensiya turlari va kompensatsiya to’lovlariga
b) pensiya va ishsizlik nafaqasiga
c) pensiya va nafaqaga
d) pensiya va boquvchisini yo’qotganlik uchun
9. Bandlikka ko’maklashish jamg’armasining moliyalashtirish manbalarini ko’rsating?
a) yagona ijimoiy to’lovdan ajratma
b) yagona ijtimoiy to’lov va subsidiya
c) ✅ yagona ijtimoiy to’lovdan ajratma va byudjetdan ajratmalar
d) soliq va yig’imlar
10. Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi nimalarga yo’naltiriladi?
a) ishsiz maqomiga ega shaxs sifatida ro’yxatdan o’tgan shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
b) bandlikka ko’maklashish markazi tomonidan to’lanadigan stipendiyalarni to’lash
c) axborot-ma’lumot va reklama-noshirlik ishlarini amalga oshirish
d) ✅ barcha javoblar to’g’ri
9-mavzu Davlat daromadlari va xarajatlarining yuridik tabiati
1. Davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai nima?
a) ✅ soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
b) davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
c) meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
d) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari
2.Davlat byudjeti daromadi sifatida soliqlarning qaysi turi soliq tushumida enk ko’pi hisoblanadi?
a) bojxona to’lovlari
b) resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i
c) ✅ foyda solig’i va QQS
d) daromad solig’i va aktsiz solig’i
3. Davlat byudjeti daromadi sifatida soliqlar qanday guruhlanadi?
a) ✅ bevosita, bilvosita va resurs to’lovlari
b) bevosita va bilvosita soliqlar
c) resurs soliqlar va mol-mulk solig’i
d) to’g’i va eg’ri soliqlar

4. Davlat byudjeti daromadi sifatida mahalliy yig’im qaysi faoliyatdan olinadi?
a) zargarlik faoliyati bilan chakana savdo qilish
b) umumiy ovqatlanish shahobchalari faoliyati
c) ✅ alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish
d) avtomobillarga yoqilg’i sotish faoliyati
5. Beg’araz yordamning qanday turlari bor?
a) ✅ insonparvarlik yordami va texnik ko’maklashish
b) insonparvarlik yordami va moddiy yordam
c) insonparvarlik yordami va beg’araz yordam
d) yordam puli va kompentsasiya
6. Davlat byudjeti xarajatlari ko’rsatilgan qatorni aniqlang
a) ✅ ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari
b) xususiy ta’limni qo’llab qo’vvatlash
c) xususiy tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish
d) ishsizlikni oldini olish
7. Siyosiy partiyalar qanday moliyalashtiriladi?
a) ✅ Davlat byudjetidan
b) Mahalliy byudjetdan
c) Partiya o’z-o’zini moliyalashtiradi
d) Ixtiyoriy badallar asosida
8. Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari qaysi normativ huquqiy hujjat bilan tasdiqlanadi?
a) Byudjetnoma
b) ✅ Davlat byudjeti to’g’risidagi qonun
c) Byudjet parametrlari bo’yicha prezident qarori
d) Oliy Majlis qarori
9. Davlat byudjet xarajatlari taqsimlanish bo’g’iniga ko’ra qanday guruhlanadi?
a) ✅ Respublika va mahalliy harajatlar
b) Respublika, viloyat va tuman xarajatlari
c) Respublika va joriy xarajatlar
d) Respublika va milliy xarajatlar
10. Faqulodda davlat byudjeti kim tomonidan qabul qilinadi?
a) Prezident qarori ko’ra favqulodda holat sharoitida
b) ✅ Oliy Majlis qaroriga ko’ra favqulodda holatda
c) Vazirlar Mahkamasi qarori ko’ra favqulodda holatda
d) Moliya vazirligi qarori ko’ra pandemiya sharoitida
1. LIBOR stavkasi nima?
A) Milliy banklarda belgilanadi
B) London banklararo bozorida shakllanadi ✅
C) Faqat AQShda qo‘llaniladi
D) Investitsiya fondi orqali beriladi
2. EURIBOR asosan qaysi valyutada qo‘llaniladi?
A) AQSH dollari
B) Yevro ✅
C) Yapon iyenasi
D) Funt sterling
3. EONIA stavkasi nima uchun qo‘llaniladi?
A) Dollar kreditlari
B) Yevro zonasida bir kunlik likvidlik monitoringi ✅
C) Investitsiya obligatsiyalari
D) Milliy budjet
4. MIBOR stavkasi qaysi mamlakatga xos?
A) AQSH
B) Yaponiya
C) Hindiston ✅
D) Germaniya
5. Loyihaviy kreditlashda qaysi omil kredit qaytarilishini belgilaydi?
A) Milliy budjet
B) Loyiha pul oqimi ✅
C) Sugurta qoplanishi
D) Marja stavkasi
6. Sindikatlashgan kreditlar nima?
A) Bir bank tomonidan beriladi
B) Bir necha bank birgalikda kredit taqdim qiladi ✅
C) Faqat davlat kreditlari
D) Forfeyting shakli
7. Forfeyting orqali qanday imkoniyat beriladi?
A) Faqat likvidlik
B) Debitor qarzni sotib olish orqali likvidlik va riskni kamaytirish ✅
C) Faqat investitsiya
D) Soliq imtiyozlari
8. Faktoring nima?
A) Dollar depozitlari
B) Qisqa muddatli debitor qarzlarni moliyalashtirish ✅
C) Milliy budjet qoplamasi
D) Loyihaviy kreditlash
9. “Yashil” kreditlash nima maqsadda qo‘llaniladi?
A) Barqaror rivojlanish va ekologik loyihalar ✅
B) Faqat infratuzilma
C) Milliy budjet uchun
D) Soliq imtiyozlari
10. Lizing orqali nimani ta’minlaydi?
A) Qarzni kamaytirish
B) Uskunalarni foydalanish huquqini berish ✅
C) Soliq imtiyozlari
D) Debitor qarzni kamaytirish
11. Xalqaro moliya institutlari rivojlanayotgan mamlakatlar uchun nima taqdim etadi?
A) Faqat texnik yordam
B) Moliyaviy va texnik yordam ✅
C) Soliq imtiyozlari
D) Faqat investitsiya
12. Xalqaro kredit bozorida raqobatning asosiy shakli nima?
A) Faqat kapital miqdori
B) Foiz stavkasi, xizmat sifati va innovatsiyalar ✅
C) Milliy qonunchilik
D) Soliq imtiyozlari
13. Xalqaro moliya institutlari orqali sindikatlashgan kreditlarda asosiy afzallik nima?
A) Barqarorlik va risk taqsimlanishi ✅
B) Milliy budjet yordami
C) Soliq imtiyozlari
D) Dollar miqdori
14. Xalqaro kredit bozorida innovatsion kreditlash raqobati nima bilan namoyon bo‘ladi?
A) Faqat likvidlik
B) Zamonaviy texnologiyalar va fintex xizmatlari ✅
C) Milliy qonunchilik
D) Soliq imtiyozlari
15. Sindikatlashgan kreditlarning asosiy chegarasi nima?
A) Katta kapital talablari ✅
B) Milliy qonunchilik
C) Barqarorlik
D) Foiz stavkasi
16. Xalqaro kreditlashda etalon stavkalarning ahamiyati nima?
A) Faqat likvidlikni belgilaydi
B) Kredit sharoitlari va foiz stavkalarini shakllantirishda asos ✅
C) Milliy budjetni nazorat qiladi
D) Soliq qoplamasini ta’minlaydi
17. Raqobatning iqtisodiy ahamiyati nima?
A) Faqat kredit miqdorini oshiradi
B) Bozor samaradorligi, risklar taqsimlanishi va xizmat sifatini oshiradi ✅
C) Milliy budjetni kamaytiradi
D) Soliq imtiyozlarini bermaydi
18. Xalqaro moliya institutlari rivojlanayotgan mamlakatlarda qanday mexanizmlar orqali kredit berishadi?
A) Faqat sindikatlashgan kredit
B) Loyihaviy, sindikatlashgan, faktoring va forfeyting ✅
C) Faqat loyihaviy kredit
D) Soliq imtiyozlari orqali
19. EBRD qanday kredit berish maqsadida faoliyat ko‘rsatadi?
A) Faqat davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash
B) Xususiy sektor va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish ✅
C) Soliq imtiyozlari taqdim etish
D) Dollar miqdorini nazorat qilish
20. Loyihaviy kreditlashning afzalliklari nima?
A) Risklar faqat davlat tomonidan qoplanadi
B) Loyiha samaradorligi asosida mablag‘ ajratiladi va risk taqsimlanadi ✅
C) Faqat investitsiya
D) Foiz stavkasi yuqori bo‘ladi
1. Uy xo‘jaliklari moliyasi nima?
A) Davlat moliyasini boshqarish
B) Oilaning daromad va xarajatlarini boshqarish ✅
C) Bank kreditlarini ajratish
D) Iqtisodiy statistika tuzish
2. Daromadlar manbalari qaysilar?
A) Mehnat daromadi, investitsiya, ijtimoiy daromad ✅
B) Faqat mehnat daromadi
C) Faqat biznes foydasi
D) Faqat qarz mablag‘lari
3. Favqulodda jamg‘armalar ulushi qancha bo‘lishi tavsiya etiladi?
A) 5–10%
B) 10–20% ✅
C) 20–30%
D) 30–40%
4. Kapital daromadlar va investitsiya foydasi nimaga xizmat qiladi?
A) Kundalik xarajatlarni qoplash
B) Uzoq muddatli moliyaviy rejalarni amalga oshirish ✅
C) Faqat soliqlarni to‘lash
D) Moliyaviy qaror qabul qilmaslik
5. Strategik xarajatlar misolidir:
A) Oziq-ovqat xarid qilish
B) Uy-joy sotib olish ✅
C) Kiyim-kechak xarid qilish
D) Transport xarajatlari
6. Moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida kimlar ishtirok etadi?
A) Faqat oila boshlig‘i
B) Oilaning barcha a’zolari ✅
C) Faqat bolalar
D) Faqat daromad oluvchilar
7. Ijtimoiy daromadlar nima uchun muhim?
A) Faqat investitsiya qilish uchun
B) Favqulodda xarajatlarni qoplashda yordam beradi ✅
C) Kundalik xarajatlarni oshirish
D) Soliq to‘lash
8. Iste’mol jamg‘armasi vazifasi?
A) Uzoq muddatli moliyaviy rejalarni amalga oshirish
B) Kundalik ehtiyojlar va favqulodda holatlar uchun ✅
C) Faqat investitsiyaga yo‘naltirish
D) Bank kreditlarini to‘lash
9. Jamg‘armalarni diversifikatsiya qilish nima uchun muhim?
A) Moliyaviy xavfsizlikni oshirish ✅
B) Xarajatlarni oshirish
C) Daromadlarni kamaytirish
D) Soliq to‘lashni kamaytirish
10. Jamg‘armalarni shakllantirishning asosiy maqsadi nima?
A) Oilaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash ✅
B) Faqat soliq to‘lash
C) Bank krediti olish
D) Ijtimoiy yordam olish
1. LIBOR stavkasi nimani ifodalaydi?
A) Milliy budjet xarajatlari
B) London banklari orasidagi qimmatli qog‘ozlar uchun kredit stavkasi ✅
C) Investitsiya fondlari daromadi
D) Valyuta kursi o‘zgarishi
2. Xalqaro valyuta fondi maqsadi nima?
A) Milliy banklar moliyalashtirish
B) Davlat budjetini to‘ldirish
C) Xalqaro moliya barqarorligini ta’minlash ✅
D) Faol investitsiya fondlari yaratish
3. Jahon banki guruhining instituti IFC asosan kimga qaratilgan?
A) Davlat sektori
B) Xususiy sektor ✅
C) Xalqaro valyuta bozori
D) Markaziy banklar
4. Mintaqaviy moliya tashkiloti EBRD qayerda faoliyat yuritadi?
A) Afrika
B) Sharqiy va Markaziy Yevropa ✅
C) Lotin Amerikasi
D) Osiyo
5. BIS asosiy vazifasi nima?
A) Davlat budjetini moliyalashtirish
B) Markaziy banklar o‘rtasida hamkorlikni ta’minlash ✅
C) Valyuta kursi nazorati
D) Faol investitsiya loyihalari
1. Xalqaro valyuta bozori nima vazifani bajaradi?
A) Mahalliy kreditlashni oshiradi
B) Likvidlikni ta’minlaydi va valyuta kursini shakllantiradi ✅
C) Faqat oltin zaxirasini boshqaradi
D) Davlat byudjetini tartibga solidi
2. Spot bozorida valyuta qachon almashiladi?
A) 1–2 ish kuni ichida ✅
B) 6 oy ichida
C) Bir yil ichida
D) Har qanday vaqtda
3. Forvard kontrakt nima?
A) Valyutani hozir sotib olish
B) Kelajakda valyuta almashish bo‘yicha oldindan kelishuv ✅
C) Oltin zaxirasini sotib olish
D) Bank depozitini ochish
4. Fьyuchers kontrakti bilan optsion o‘rtasidagi asosiy farq nima?
A) Fьyuchers – birja orqali, optsion – huquq beradi, majburiyat yo‘q ✅
B) Fьyuchers – faqat dollarda, optsion – faqat yevroda
C) Ikkalasi ham bir xil
D) Optsion – birja orqali, fьyuchers – shaxsiy kelishuv
5. Svop operatsiyasi nima maqsadda ishlatiladi?
A) Faqat spekulyatsiya qilish
B) Foiz stavkasi va valyuta riskini kamaytirish ✅
C) Davlat byudjetini oshirish
D) Mahalliy ish o‘rinlarini yaratish
6. Xalqaro valyuta bozorining ishtirokchilari qaysilar?
A) Faqat markaziy banklar
B) Tijorat banklar, markaziy banklar, korporatsiyalar va xedj-fondlar ✅
C) Faqat xedj-fondlar
D) Davlat organlari
7. Oltin tanga standarti nima?
A) Valyuta qiymatini dollar bilan bog‘lash
B) Valyuta qiymatini oltin bilan bog‘lash ✅
C) Spot operatsiyalarni oshirish
D) Forvard kontraktni majburiy qilish
8. Oltin-valyuta standarti bilan oltin tanga standarti farqi?
A) Hech qanday farqi yo‘q
B) Oltin-valyuta standarti boshqa rezervlar bilan qo‘llab-quvvatlanadi ✅
C) Oltin tanga standarti dollar bilan bog‘lanadi
D) Faqat svop operatsiyasi orqali ishlaydi
9. Bretton–Vuds tizimida qaysi valyuta asosiy rezerv hisoblanadi?
A) Yevro
B) Dollar ✅
C) Funt sterling
D) Yaponiya iyeni
10. Yamayka valyuta tizimi qanday tizim?
A) Dollar asosiy rezerv
B) Erkin плавающий valyuta kursi ✅
C) Oltin tanga standarti
D) Faqat forvard bozoriga bog‘langan
11. Valyuta pariteti nima?
A) Ikkita valyutaning o‘zaro qiymati ✅
B) Faqat valyuta kursining spekulyatsiyasi
C) Bank depozitining foiz stavkasi
D) Mahalliy tovar narxi
12. Harid qobiliyati pariteti prinsipi nima?
A) Kursni spekulyativ ravishda oshirish
B) Turli mamlakatlarda tovar va xizmat narxi asosida nazariy kursni aniqlash ✅
C) Faqat valyuta zaxirasini oshirish
D) Spot operatsiyalarni majburiy qilish
13. Xalqaro moliya bozorida xalqaro valyuta bozorining roli nima?
A) Faqat mahalliy kreditlash
B) Kapital oqimini boshqaradi va global integratsiyani ta’minlaydi ✅
C) Mahalliy byudjetni oshiradi
D) Faqat savdo kontraktlarini nazorat qiladi
14. Spot va muddatli bozor o‘rtasidagi farq nima?
A) Spot – tezkor, muddatli – kelajakda ✅
B) Spot – faqat yevro, muddatli – faqat dollar
C) Spot – optsion, muddatli – forvard
D) Hech qanday farqi yo‘q
15. Xedjing nima vazifani bajaradi?
A) Valyuta kursi riskini kamaytiradi ✅
B) Likvidlikni kamaytiradi
C) Mahalliy bank foydasini oshiradi
D) Spot bozorini yopadi
16. Spekulyatsiya nima?
A) Kurs o‘zgarishidan foyda olish ✅
B) Faqat importni oshirish
C) Oltin zaxirasini kamaytirish
D) Bank depozitini yopish
17. Markaziy bank xalqaro valyuta bozorida qanday ro‘l o‘ynaydi?
A) Kursni barqarorlashtiradi va likvidlikni ta’minlaydi ✅
B) Faqat forvard operatsiyalarini amalga oshiradi
C) Mahalliy ish o‘rinlarini yaratadi
D) Xedj-fondlarni nazorat qilmaydi
18. Tijorat banklari xalqaro valyuta bozorida nima qiladi?
A) Faqat optsion operatsiyalari
B) Spot va muddatli operatsiyalar, mijozlarga xizmat ko‘rsatadi ✅
C) Faqat spekulyatsiya bilan shug‘ullanadi
D) Markaziy bankga qarshi ishlaydi
19. Xalqaro valyuta bozorining asosiy operatsiyalari qaysilar?
A) Faqat spot
B) Spot, Forvard, Fьyuchers, Optsion va Svop ✅
C) Faqat forvard va optsion
D) Faqat svop
20. Xalqaro valyuta bozorining asosiy funksiyalari qaysilar?
A) Likvidlikni oshirish va riskni boshqarish ✅
B) Mahalliy byudjetni nazorat qilish
C) Faqat oltin zaxirasini oshirish
D) Faqat tijorat banklarini boshqarish

I BLOK. Auditoriyada o‘tilgan mavzular bo‘yicha savollar

1. Moliya tushunchasi

Moliya — davlat, korxona va aholi pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar tizimi. Moliya orqali davlat budjeti, soliqlar, davlat xarajatlari, kredit, sug‘urta va pul muomalasi boshqariladi.

2. Moliya huquqi funksiyalari va turlari

Moliya huquqining asosiy funksiyalari: tartibga solish, nazorat qilish, taqsimlash, fiskal, rag‘batlantirish va himoya qilish. Turlari sifatida budjet huquqi, soliq huquqi, davlat krediti, moliyaviy nazorat, valyuta va bank munosabatlari ajratiladi.

3. Davlatning moliyaviy faoliyati

Davlatning moliyaviy faoliyati — davlat pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish faoliyatidir. Usullari: soliqlar undirish, davlat qarzi jalb qilish, budjet xarajatlarini moliyalashtirish, moliyaviy nazorat, subsidiyalar va transfertlar ajratish.

4. O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi

Moliya tizimi davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, davlat krediti, bank tizimi, sug‘urta, korxonalar moliyasi, uy xo‘jaliklari moliyasi va xalqaro moliya munosabatlaridan iborat. U davlat iqtisodiy siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlaydi.

5. Moliya huquqining predmeti va usullari

Predmeti — davlat moliyaviy faoliyati jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar. Usullari: imperativ, ya’ni majburiy ko‘rsatma; dispozitiv elementlar; moliyaviy nazorat; ruxsat berish; taqiqlash; majburiy undirish.

6. Moliyaviy-huquqiy normalar

Moliyaviy-huquqiy norma — moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi majburiy huquqiy qoida. Tuzilishi: gipoteza, dispozitsiya, sanksiya. Xususiyati — davlat pul mablag‘lari bilan bog‘liq, imperativ va aniq maqsadli bo‘ladi.

7. Moliyaviy-huquqiy munosabatlar

Moliyaviy-huquqiy munosabatlar — moliya huquqi normalari asosida davlat, tashkilot va shaxslar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar. Turlari: budjet, soliq, davlat krediti, valyuta, bank, sug‘urta va moliyaviy nazorat munosabatlari.

8. Moliya huquqi tamoyillari

Asosiy tamoyillar: qonuniylik, oshkoralik, maqsadlilik, rejalilik, samaradorlik, moliyaviy intizom, javobgarlik, budjet tizimi birlik prinsipi va davlat moliyaviy nazoratining muqarrarligi.

9. Moliya huquqi tizimi

Moliya huquqi tizimi umumiy va maxsus qismdan iborat. Umumiy qism moliyaviy faoliyat, normalar, munosabatlar va nazoratni; maxsus qism budjet, soliq, kredit, bank, valyuta, sug‘urta va davlat qarzi institutlarini qamrab oladi.

10. Moliya huquqi manbalari

Manbalar: Konstitutsiya, Budjet kodeksi, Soliq kodeksi, qonunlar, Prezident hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Markaziy bank hujjatlari, Moliya vazirligi va boshqa organlarning normativ hujjatlari, xalqaro shartnomalar.

Davomini o'qish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting. Kirganingizdan so'ng aynan shu sahifaga qaytasiz.